» » OAV: Putin Poroshenko bilan telefon orqali maxfiy muloqot qilishda davom etmoqda

OAV: Putin Poroshenko bilan telefon orqali maxfiy muloqot qilishda davom etmoqda


Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Pyotr Poroshenko telefon orqali muloqot olib borishda davom etmoqda. Bu haqda, “Kommersant” gazetasiga manbalariga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.

Aytilishicha, Putin va Poroshenko aprel oyining birinchi yarmida telefonlashgan, ikki davlat yetakchisi yarim hazil ohangida suhbat olib borgan.

Manbalarga ko‘ra, ikki prezidentning oxirgi telefon suhbati 20 daqiqa davom etib, Ukraina tomoni tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilgan edi. Ular Donbassdagi vaziyatni muhokama qildi.

Bu borada hech bir tomon rasmiy ma’lumot tarqatgani yo‘q. Buning asosiy sababi — ikki prezidentning raqiblariga turli ayblovlar uchun vaj bermaslikdir.

Gazeta ma’lumotlariga qaraganda, 2017-yil boshidan buyon ikki prezident jami to‘rt marta telefon orqali suhbatlashgan.

Опубликовано: admin (28-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют