» » 2020-yilning eng mashhur smartfonlari nomi e’lon qilindi

2020-yilning eng mashhur smartfonlari nomi e’lon qilindi


Omida kompaniyasi smartfonlar bozorining 2020-yil ikkinchi choragiga oid hisobotini e’lon qildi. Tahlilchilar birinchi yarim yillikda butun dunyo bo‘ylab qaysi devayslar ko‘p sotilganini ma’lum qilgan, deb xabar beradi Pocketnow.

Hozircha iPhone 11 eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple flagmani 37,7 million dona sotilgan. Bundan tashqari, “olma” devayslari eng mashhur smartfonlar o‘ntaligidan beshta o‘rinni egallagan.

Mashhurlik bo‘yicha Apple’ga Xiaomi yaqinlashmoqda. Xitoy texnologik giganti eng ko‘p sotilgan qurilmalar reytingida uchta o‘rinni band etgan.

To‘liq ro‘yxat quyidagicha:

2019-yilda birinchilikni iPhone XR qo‘ldan boy bermagandi. Shu bilan birga, iPhone 11’ni yetkazib berish bo‘yicha pandemiya sharoitiga qaramay, o‘zidan oldingi modelni 10,8 million donaga ortda qoldirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, may oyida dunyodagi eng mashhur Android-smartfonlar nomi e’lon qilingan edi.

Mavzuga doir: Dunyodagi eng yaxshi ta’mirbardoshli smartfonlar reytingi e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют