» » DTM abituriyentlar test sinovlariga kepka bilan kelishi mumkinligini bildirdi

DTM abituriyentlar test sinovlariga kepka bilan kelishi mumkinligini bildirdi


2020/2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etilayotgani sababli, abituriyentlar xohishiga ko‘ra test sinovlariga bosh kiyim (kepka) bilan kelishlari mumkin. Bu haqda Davlat test markazi axborot xizmati xabar qildi.

Avval Davlat test markazi direktori Majid Karimov oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkaziladigan imtihonlar vaqtida abituriyentlarga tibbiy vositalar, ruchka va ichimlik suvi bepul berilishi, shuningdek vaziyat e’tiborga olinib, ularga bosh kiyim berish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan. U mazkur buyumlarning hammasi davlat tomonidan bepul berilishini aytgan va bosh kiyim ham tekinga berilishini qo‘shimcha qilgandi.

OTMga kirish uchun o‘tkaziladigan imtihonlar stadionlarda bo‘lib o‘tadi, imtihonlar 2-sentabrdan boshlanadi. Xavfsizlikni ta’minlashga Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, turg‘un va qo‘lda olib yuruvchi metallodetektorlar, transport va aloqa vositalari hamda xizmat itlari jalb etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют