» » Lukashenko muxolifat hukumat tepasiga kelsa, qirg‘inbarot urush bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

Lukashenko muxolifat hukumat tepasiga kelsa, qirg‘inbarot urush bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda muxolifat hokimiyat tepasiga keladigan bo‘lsa, qirg‘inbarot janglar bo‘lishi va davlat parchalanib ketishi mumkinligi haqida gapirdi. Bu haqda BelTA xabar bergan.

“O‘z vatanimning bo‘linib ketishini istamayman, men mamlakatni imperiya bo‘laklaridan qayta tiklaganman, bunga mehnati singgan halol, tartibli odamlarning qurbon bo‘lishini xohlamayman. Bu ba’zilar aytayotgandek eski hukumatni vaqtincha chetlatish emas. Bu qirg‘inbarot jang”, — degan Lukashenko.

Shuningdek, u Ukrainada bo‘lib o‘tgan voqealar Belarusda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisalar oldida hech nima emasligini qayd etgan.

Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining natijalarini bekor qilish yuzasidan xalq norozilik namoyishlari davom etayotganiga uch haftadan oshdi. Belarus MSK ma’lumotiga ko‘ra Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘olib chiqqan, muxolifat vakili Svetlana Tixanovskaya esa 10,1 foiz ovoz olgan. Muxolifat rasmiy natijalarni tan olmagan va amaldagi prezident Lukashenkoning iste’foga chiqarilishi va saylovlarning qaytadan o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Tixanovskaya 14-avgustda Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzilganini e’lon qilgan. U kengashga hukumat va norozilik namoyishi o‘tkazayotgan xalq o‘rtasidagi nizoning hal etilishini istagan barcha birlashmalarning vakillari kirishi mumkinligini gapirgan.

Lukashenko kengashning tuzilganiga munosabat bildirib, buni hukumatni noqonuniy yo‘l bilan egallashga urinish deb atagan. Belarus konstitutsion sudi kengash faoliyatini qonunlarga zid deb topgan. Kengashga nisbatan Belarus Jinoyat kodeksining 361-moddasi bilan (milliy xavfsizlikka tahdid qiladigan harakatlarni amalga oshirish, ushbu harakatlarni qilishga chorlash) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют