» » Olimlar koronavirusning kattalar va bolalar orasida tarqalish suratini ozaro taqqosladi

Olimlar koronavirusning kattalar va bolalar orasida tarqalish suratini ozaro taqqosladi


Barselonadagi San-Xuan-de-Deu shifoxonasining virusologlari koronavirusning bolalar orasida tarqalishi qanday tezlikda kechishi mumkinligi ustida tadqiqot olib bordi. Tadqiqot besh hafta mobaynida 22 ta bolalar oromgohida otkazildi. Bu haqda Daily Mail xabar qilgan.

Tadqiqotlarda 1905 nafar bola ishtirok etgan, ular har hafta PZR-test topshirishgan va bu orqali bolalar orasida virusning tarqalish jarayoni qanday kechishi tadqiq qilingan. Eksperiment boshlanguniga qadar ilmiy birlashma bolalar organizmida koronavirus ozini ancha ehtiyotkor tutishi, bolalar infeksiyaning tarqalishida eng kop ishtirok etuvchi bolishi mumkinligi, kasallik ular organizmlarida alomatsiz kechishi borasida xulosa berishga shoshilmagan.

Tadqiqotlar davomida Ispaniyada 30 nafar infeksiya yuqtirib olgan bola 12 kishiga kasallik yuqtirgani, qolgan 250 nafar tengdoshi esa infeksiyaga chalinmagani malum bolgan. Tadqiqot mualliflari bunda kasallanish darajasi 4,7 foiz ekanini qayd etgan. Shu tariqa bolalarning koronavirusni tarqatishdagi R xavfi darajasi ortacha 0,3 deb baholangan va bu oromgohlar joylashgan hududlar aholisida kattalarda kuzatilgan natijalardan olti baravar past korsatkich hisoblanadi.

Bu koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 100 nafar bola kopi bilan 30 nafargacha tengdoshiga kasallikni yuqtirishi mumkinligini anglatadi. 100 nafar koronavirusga chalingan kattalar infeksiyani 170-200 nafar odamga yuqtirishi mumkin.

Shuningdek, tahlillarga kora 12 yoshdan kichik bolalar COVID-19ni 13-17 yoshdagi aka-opalari bilan bir xil tezlikda boshqa tengqurlariga yuqtiradi.

Olimlarning qayd etishicha ularning tadqiqotida oziga xos bir jihat mavjud, yani oromgohlardagi bolalar kopincha ochiq havoda ozaro muloqot qilgan va bu infeksiyaning tezda tarqalishiga tosqinlik qilgan bolishi ham mumkin. Yopiq inshootlarda koronavirusning tarqalishi nisbatan tez suratda kechadi.

Shunga qaramay, mazkur tadqiqotlarning natijasi turli mamlakatlarda karantin tartibi yumshatilganidan keyin maktablarning ochilishiga tasir korsatishi taxmin qilinmoqda.

Mavzuga doir:Koronavirusga chalingan ota-ona farzandini kasallikdan qanday asrashi kerak? Mutaxassis javobi

Ozbekiston maktablarida yangi oquv yili 14-sentabrdan boshlanadi,oquvchilar maktabga borishi yoki onlayn oqishimumkin, darslar davomiyligiozgarishsiz qoladi, pandemiya davrida maktablar faoliyatini tashkillashtirish boyicha vaqtinchalik sanitariya talablaritasdiqlangan. Shuningdek,Ozbekistonda maktablarga qariyb 10 ming nafar tibbiyot xodimi safarbar qilingan. Ularmaktablarda filtrlarni tashkillashtirishda ishtirok etadi, ushbu jarayonda tana harorati kotarilgan va bemor deb topilgan oquvchilar haqidagi malumotni hududdagi tegishli muassasa rahbarlariga yetkazadi. Karantinga olingan xonadon egalariga bemor yoki ular bilan muloqotda bolgan bolalarni faqat oila shifokorining ruxsati bilan maktabga yuborish kerakligini tushuntiradi, bemor aniqlangan xonadonda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilish tartibini nazorat qiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (2-09-2020, 06:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -