» » Qo‘qonda seyfdan 122 mln so‘m va 8 ming dollardan ortiq pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Qo‘qonda seyfdan 122 mln so‘m va 8 ming dollardan ortiq pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi


Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi MChJ binosiga kirib, seyfdan juda katta miqdorda pul mablag‘larini o‘g‘irlagan shaxs qamoqqa olindi, deb xabar beradi Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 23-avgust kunidan 24-avgust kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Qo‘qon shahrida joylashgan MChJ hududida bo‘lgan binoning kirish eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, xonadagi temir seyfdan jami qiymati 122 530 000 so‘m va 8 660 AQSh dollari miqdoridagi pullarni yashirin ravishda qo‘lga kiritib, noma’lum tomonga yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov davomida mazkur jinoyatni 27 yoshli A.R. sodir etganligi aniqlanib, talon-toroj qilingan pullarning bir qismi ya’ni 115 000 000 so‘m va 8 310 AQSh dollar miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki tergov davomida A.R. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 07:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют