» » Tojikistonda Rossiyadagi fuqarolarni mamlakatga olib kelish uchun yana 52 ta charter reys amalga oshiriladi

Tojikistonda Rossiyadagi fuqarolarni mamlakatga olib kelish uchun yana 52 ta charter reys amalga oshiriladi


Tojikistonda Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha respublika shtabi Rossiyaning turli shaharlaridagi fuqarolarni mamlakatga olib kelish maqsadida yana 52 qo‘shimcha charter reys amalga oshirilishini ma’lum qildi. Barcha reyslar Somon Air aviakompaniyasining havo laynerlarida amalga oshiriladi. Bu haqda Asia Plus xabar qildi.

Qayd etilishicha, reyslar Rossiya hukumati bilan kelishuv asosida tashkillashtirilmoqda.

“2020-yil 22-iyul kuni mamlakat hukumatini Rossiya tomoni sanitar-epidemiologik talablarga rioya qilgan holda aviaqatnovlarni tiklash haqida ogohlantirgan. Shuningdek, Rossiya tomoni o‘z navbatida ikki davlat o‘rtasidagi hukumatlarning aviatsiya borasidagi maslahatlashuvidan keyin qachon aviaqatnovlarning tiklanishi haqida axborot berilishini ma’lum qilgan”, — deyiladi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Tojikiston TIV vatanga qaytayotgan fuqarolar COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanmagani haqida ma’lumotnomaga (PZR tekshiruvi) ega bo‘lishi, test natijasi 96 soat (4 sutka) muddatdan o‘tmagan bo‘lishi zarur. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ushbu ma’lumotnomani taqdim qilishi shart emas.

Charter reyslarda Tojikistonga qaytadigan fuqarolar ro‘yxati maxsus komissiyalar tomonidan tuziladi, Moskva shahridagi elchixona va Rossiyadagi bosh konsulxonalar mazkur ro‘yxatni muvofiqlashtiradi.

Bunda bemor, kichik yoshdagi bolalari bo‘lgan ayollar, shuningdek, Rossiyaga ancha avval xizmat safari bilan borganlarga birinchi navbatda ahamiyat beriladi.

2020-yil 1—15-sentabr kunlari quyidagi yo‘nalishlardagi reyslar amalga oshiriladi:

Avval Tojikistondagi Rossiya fuqarolarini olib ketish bo‘yicha “Ural avialiniyalari” kompaniyasining charter reyslari amalga oshirilishi xabar qilingandi. Aviakompaniya 25-sentabrgacha 12 ta reysni amalga oshiradi. Reyslar ro‘yxati Rossiya davlat xizmatlari portali orqali shakllantiriladi.

2020-yil 16-avgustda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Respublika epidemiyaga qarshi kurashish va COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha shtabi tomonidan 16—31-avgust kunlari Rossiyadagi tojikistonliklarni olib kelish uchun qo‘shimcha 55 ta reys amalga oshirilishi xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 07:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 33) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют