» » O‘zbekiston bo‘yicha avgust oyida bir porsiya palov qanchadan sotilgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston bo‘yicha avgust oyida bir porsiya palov qanchadan sotilgani ma’lum qilindi


Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston viloyatlari markaziy hududlari kesimida avgust oyi uchun tayyor palovning o‘rtacha narxlariga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Qo‘mita tomonidan taqdim etilgan jadvaldan ko‘rinishicha, avgust oyida eng qimmat palov Buxoroda sotilgan. U yerda bir porsiya palov 18 667 so‘m, bir kilogrammi esa 130 669 so‘mdan sotilgan. Eng arzon palov esa Surxondaryoda — bir porsiyasi 12 000 so‘mdan, kilogrammi esa 84 000 so‘mdan sotilgan.

Toshkent shahrida 1 porsiya palov narxi 15 167 so‘m (kilogrammi 106 169 so‘mdan), Andijonda 15 167 so‘m (106 169 so‘m), Samarqand va Farg‘onada 16 500 so‘m (115 500 so‘m), Xorazmda 14 600 so‘m (102 200 so‘m) bo‘lgan.

Davlat statistika qo‘mitasining alohida qayd etishicha, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi.

Ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют