» » Rossiya aholisi 2020-yil yakuniga kelib 158 ming kishiga kamayishi kutilmoqda. Bu so‘nggi 14 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich

Rossiya aholisi 2020-yil yakuniga kelib 158 ming kishiga kamayishi kutilmoqda. Bu so‘nggi 14 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich


Pandemiya sharoitida Rossiya aholisining umumiy soni, dastlabki taxminlarga ko‘ra, 2020-yil yakunlariga kelib 158 ming kishiga kamayadi, deb yozmoqda “RBK” hukumatning milliy rivojlanish maqsadlariga erishish loyihasiga tayanib. Bu so‘nggi 14 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Rossiyada aholi sonining keskin kamayib ketishi 2006-yil yakunlarida qayd etilgandi. O‘shanda mamlakat aholisi 373,9 ming kishiga qisqargan.

Hujjatga ko‘ra, faqat 2022-yilga kelibgina aholi soni yana oshishi kutilmoqda. Hukumat rejasiga ko‘ra, aholi soni o‘sishi bo‘yicha ijobiy dinamikani 2021 va 2022-yillarda mos ravishda 273,1 ming va 287,4 ming kishigacha yetishi kutilayotgan migratsiya oqimi ta’minlab berishi lozim. 2023-yilda esa bu ko‘rsatkich 300 ming kishidan oshadi.

Rossiya davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholining tabiiy kamayishi 2020-yil birinchi yarmidayoq 265,5 ming kishini tashkil etgan (946,5 nafar o‘limga 681 ming nafar tug‘ilish to‘g‘ri kelgan).

Pandemiya sharoitida 2020-yil yanvar—iyun oylarida o‘lim darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,1 foizga o‘sgan, tug‘ilish esa 5,4 foizga kamaygan.

Xabarda aytilishicha, Rossiyada qashshoqlik darajasi 2019-yildagi 12,3 foizdan keyin 2020-yilda 13,3 foizgacha oshadi. Rossiya milliy rivojlanish maqsadlaridan biri bu qashshoqlik darajasini ikki baravarga, ya’ni 2030-yilga kelib 6,5 foizgacha qisqartirishdir.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют