» » Islom Maxachev ham UFC 254 da jang qiladi. Uning raqibi ma’lum bo‘ldi

Islom Maxachev ham UFC 254 da jang qiladi. Uning raqibi ma’lum bo‘ldi


Yengil vazn toifasi vakillari Islom Maxachev va Rafael dos Anyos o‘rtasidagi jang UFC 254 musobaqasining asosiy kardidan joy oladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.

28 yoshli rossiyalik sportchi MMA’dagi 19 jangining 18 tasini g‘alaba bilan tugatgan, bir bor mag‘lub bo‘lgan. So‘nggi bor Maxachev 2019-yilni sentabrida Davi Ramus ustidan g‘alabaga erishgandi.

Braziliyalik 35 yoshli afsonaviy yakkakurashchi MMA’da 42 ta jang o‘tkazib, ularning 29 tasida g‘alaba qozongan va 13 marta mag‘lubiyatga uchragan. U o‘z vaqtida Donald Serrone, Neyt Dias, Kevin Li kabi nomdor jangchilarni taslim etgan. Shuningdek, Habib Nurmagomedov, Toni Fergyuson va Kamaru Usmonga qarshi janglarda ishtirok etib, mag‘lub bo‘lgan.

UFC 254 musobaqasi 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu UFC kechasining markaziy jangi yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov va kamar uchun majburiy da’vogar Jastin Getji o‘rtasida kechadi.

Avvalroq Habibning amakivachchasi Umar Nurmagomedov mazkur musobaqada qozog‘istonlik Sergey Morozovga qarshi jang qilishi ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют