» » AQSh Shimoliy Koreyaga moliyaviy yordam ko‘rsatish qayta boshlanishi mumkinligini istisno etmayapti

AQSh Shimoliy Koreyaga moliyaviy yordam ko‘rsatish qayta boshlanishi mumkinligini istisno etmayapti


Agar rasmiy Pxenyan yadroviy dasturini to‘xtatishni boshlasa, AQSh ham KXDRga moliyaviy yordam ko‘rsatishni qaytadan yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson BMT Xavfsizlik Kengashida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“KXDR yadroviy qurollanish dasturini to‘xtatishni boshlashi bilan biz ham moliyaviy yordamni qaytadan boshlashga tayyormiz”, — ta’kidladi u KXDRga bag‘ishlangan majlisda.

1995-yildan buyon AQSh KXDRga 1,3 milliard dollardan ortiq yordam ko‘rsatgan.

“Pxenyan bu ishni o‘z xavfsizligi, iqtisodiy rivojlanishi va jahon tomonidan tan olinishi uchun ham qilishi lozim”, — qo‘shimcha qilib o‘tdi Tillerson.

Опубликовано: admin (28-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют