“Arsenal” braziliyalik himoyachi transferini e’lon qildi
“Lill” himoyachisi Gabriel Magalyaes faoliyatini “Arsenal”da davom ettiradi. Bu haqda “kanonirlar” rasmiy saytida ma’lum qilindi.
22 yoshli markaziy himoyachi londonliklar safida 6-raqam ostida harakat qiladi.
Goal xabariga ko‘ra, transfer qiymati 28 million yevroni tashkil qiladi, shartnoma esa 5 yilga mo‘ljallangan.
Braziliyalik futbolchi “Lill”ga 2017-yilning yanvarida kelgan. U fransuz klubida 52 ta o‘yin o‘tkazdi. Magalyaes ijara asosida “Trua” va “Dinamo Zagreb” jamoalarida ham o‘ynagan.
???? This is Arsenal calling!
???? Join us for a very special video call...
???????? @DavidLuiz_4
???????? @WillianBorges88
???????? ? pic.twitter.com/O3WcU7SeN7
— Arsenal (@Arsenal) September 1, 2020
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
