» » I like to move it xit qo‘shig‘i muallifi Erik Morillo Mayami-bichdagi uyida o‘lik holda topildi

I like to move it xit qo‘shig‘i muallifi Erik Morillo Mayami-bichdagi uyida o‘lik holda topildi


Amerikalik dijey, prodyusser va I like to move it xiti ijrochisi Erik Morillo Mayami-bich kurort shahridagi uyidan o‘lik holda topildi. Meduza’ning yozishicha, 49 yoshli ijodkorning o‘limi sababi hozircha noma’lum.

Ta’kidlanishicha, Morillo avgustning boshida nomusga tegganlikda ayblanib hibsga olingan. Keyinroq u garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan. 4-sentabrda ishi sudda ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Morillo uch marta eng yaxshi xalqaro dijey va uch marta stil-haus uslubida ijod qiluvchi dijey sifatida DJ Awards mukofotini qo‘lga kiritgan. U tomonidan 1993-yilda Reel to Real loyihasi uchun yozilgan I like to move it singli o‘ng yillikning eng yaxshi raqsbop treklari ro‘yxatidan bir necha marta o‘rin olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют