» » “Barselona” prezidentligiga nomzod: “Klub Messi oldidagi va’dasini bajara olmadi”

“Barselona” prezidentligiga nomzod: “Klub Messi oldidagi va’dasini bajara olmadi”


“Barselona” prezidentligiga nomzod Viktor Font jamoani tark etmoqchi bo‘layotgan Lionel Messi bilan bog‘liq vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.

Nima uchun ish bu darajagacha yetib keldi? Yaxshi savol. “Barselona”ni yaxshi ko‘radigan har bir kishi, bu qanday sodir bo‘lganligini o‘zidan so‘rashi lozim. Javob berishga urinib, muammoni hal qilishga harakat qilishimiz mumkin. Messi klubni sevadi va g‘alaba qozonishni xohlaydi, u bu haqida yillar davomida gapirib keladi. Ammo, afsuski, klub va’dasini bajara olmadi va raqobatbardosh jamoa tuza olmadi.

Messi ketguniga qadar uning bu fikrdan qaytishiga har doim umid bor. Lekin bu ehtimoldan ancha yiroq. Uning ketishi imkon qadar yaxshiroq amalga oshishini ta’minlashimiz kerak.

Messi va “Barselona” o‘rtasidagi chuqur aloqalar kelajakda ham davom etishi uchun saqlanib qolinadi.

Lionelni saqlash uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilardim. Ammo hozir u va klub o‘rtasidagi ziddiyatni tugatish zarur. Messi klubni, klub esa Messini yaxshi ko‘radi, shuning uchun vaziyatni murakkablashtirmaylik.

Viktor Font, “Barselona” prezidentligiga nomzod

Qayd etish joiz, Messi va klub o‘rtasida ziddiyat avjiga chiqqan. Messi klubdan o‘zini tekinga qo‘yib yuborishni so‘rayotgan bo‘lsa, rahbariyat uni 700 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik futbolchi hatto jamoaning mavsumoldi mashg‘ulotlariga ham kelmayapti.

Gollar to‘plami:

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют