» » Namanganda OTMlarga qabul uchun test sinovlari boshlandi. Ularda 90 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etadi

Namanganda OTMlarga qabul uchun test sinovlari boshlandi. Ularda 90 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etadi


Namangan viloyatida oliy ta’lim muassasalariga qabul uchun test sinovlari boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Test sinovlarida 11 kun davomida jami 89605 nafar abituriyent ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Ulardan 79024 nafari viloyatdagi 3 ta OTMning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan.

Viloyatda test sinovlari Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi, “Dinamo”, “Navbahor-Umid” o‘yingohlari hamda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Yoshlik” stadionlarida bo‘lib o‘tmoqda. Abituriyentlarni shahar-tumanlardan test sinovlari o‘tkaziladigan manzillarga yetkazish uchun yo‘nalishsiz avtobuslar qatnovi tashkil etildi.

Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan majmua va o‘yingohlarda tez tibbiy yordam xonalari, test sinovlarini muvofiqlashtirish shtablari tashkil etildi. Ularda 8 ta dezinfeksion tunnel o‘rnatildi, yetarli miqdorda qadoqlangan suv, tibbiy niqob va qo‘lqoplar hamda antiseptik vositalar bilan ta’minlandi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarni nazorat qilish uchun 72 ta ustun tayyorlanib, kameralar, shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya qurilmalari o‘rnatildi. 270 nafar malakali mutaxassis nazoratchi sifatida tanlab olinib, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar, Milliy gvardiya hamda xizmat ko‘rsatish tizimlari xodimlari biriktirildi.

Ma’lumot uchun, viloyatda oliy ta’lim muassasalariga 2020/2021-o‘quv yili qabul kvotasi jami 7850 tani tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 2075 taga yoki 73,6 foizga oshgan.

Mavzuga doir: Namanganda abituriyentlarni test sinovlariga yetkazish uchun avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют