» » UFC. Kamaru Usmonning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

UFC. Kamaru Usmonning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi


UFC’ning yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usmonning (17-1-0, 7 KO) navbatdagi jangi va raqibini ma’lum qilindi.

Kamaru 12-dekabr sanasida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Unga ushbu jangda Gilbert Byorns (19-3-0, 6 KO) raqiblik qiladi.

Jang UFC 256 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi. Shuningdek, ushbu musobaqada Xorxe Masvidal va Neyt Dias o‘rtasidagi revansh jangi ham tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Xorxe Masvidal UFC 251 musobaqasi doirasida 12-iyulda Kamaru Usmonga qarshi jang qilib, ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi. Qayd etish joiz, Usmon bilan aslida Gilbert Byorns jang qilishi lozim edi. Ammo Byornsda koronavirus aniqlangani sabab uning o‘rnini Masvidal egallagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют