» » Toyloq tuman hokimligi 200 dan ortiq o‘ziga to‘q oilalar kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kiritilganini rad etdi

Toyloq tuman hokimligi 200 dan ortiq o‘ziga to‘q oilalar kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kiritilganini rad etdi


“Daryo”da Samarqandda asli fermer bo‘lgan mahalla raisi kambag‘allar uchun ajratilgan yordam pulini o‘z ishchilariga tarqatgani haqida xabar berilgandi. Mazkur xabarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘z Rizayev viloyatning Toyloq tumanida 200 dan ortiq o‘ziga to‘q oilalar kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kiritilganini ta’kidlagandi.

Mazkur xabarga Toyloq tuman hokimligi axborot xizmati munosabat bildirib, 200 dan ortiq o‘ziga to‘q oilalar kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kiritilganini rad etdi.

“Maqolada Toyloq tumaniga tegishli bor yo‘g‘i bitta jumla kiritilgan. Unda aytilishicha Toyloq tumanida 200 dan ortiq o‘ziga to‘q oilalar kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kiritilgan emish”, — deyiladi hokimlik axborot xizmati xabarida.

Hokimlik axborot xizmatining yozishicha, deputat aytgan axborot tuman mutasaddilarini hayratga solgan.

“Maqoladagi ushbu xabar tuman mutasaddilarini hayratga soldi. Chunki tumanda mavjud 50 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari orasida fermer bo‘lib ishlovchilar yo‘q. Boz ustiga maqolada aytilganidek, kambag‘allar uchun ajratilgan yordam pulini o‘z ishchilariga tarqatish holati ham kuzatilmagan. Qolaversa, ikki yuzdan ortiq o‘ziga to‘q oilalar kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kiritilgan, degan gap ham asossiz. Hurmatli deputatimiz Navro‘z Rizayev va “Daryo” muxbiridan bu ma’lumotni qayerdan olgani va nimaga asoslanib, bunday axborot tarqatgani bo‘yicha izoh berishini so‘rab qolamiz”, — deya mazkur axborotni rad etishga urinadi hokimlik.

Holbuki, mahalla raislarining fermer xo‘jaligi borligi va moddiy yordam pulini ishchilariga oylik so‘ramaslik sharti bilan berib yuborganligi haqidagi jumlada aynan Toyloq tumani tilga olinmagan.

Eslatib o‘tamiz, “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev bilan suhbatlashgan Oliy Majlis deputati Navro‘z Rizayev Toyloq tumanida 200 dan ortiq o‘ziga to‘q oilalar ehtiyojmandlar ro‘yxatiga kiritilganini alohida ta’kidlagan va deputatlar aralashuvi bilan mazkur ro‘yxat o‘zgartirilganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют