» » Foto: Mustaqillik kuni munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘ini aks ettirgan Burj Xalifa

Foto: Mustaqillik kuni munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘ini aks ettirgan Burj Xalifa


O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan dunyoning eng baland imorati Burj Xalifada O‘zbekiston bayrog‘i 2020-yil 1-sentabr kuni 1 daqiqa davomida namoyish etildi.

Burj Xalifaning rasmiy Twitter akkaunti ushbu jarayon videosini namoyish etdi.

???? #???_????? ?????? ???????? ???? ??????? ??????? ?????????? ?????? ??? ????? ???????? ?????? ?? ??????? ??????#BurjKhalifa lights up in commemoration of Uzbekistan’s Independence Day. We wish them growth and prosperity pic.twitter.com/cAaLzDEMbt

— Burj Khalifa (@BurjKhalifa) September 1, 2020

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning mart oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAAga tashrifi munosabati bilan, uning sharafiga Burj Xalifa osmono‘par binosida O‘zbekiston bayrog‘i aks etgandi.

Burj Xalifa Dubay shahrida joylashgan bo‘lib, 160 qavatdan iborat osmono‘par binodir. Umumiy balandligi 829,8 metrni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют