Asal Shodiyeva o‘zi ishtirokidagi qaysi filmlarni sevib tomosha qilishi haqida gapirdi
Ona bo‘lish arafasida turgan aktrisa Asal Shodiyeva Instagram’dagi Stories orqali muxlislarining savollariga javob berdi. Xususan, u o‘zi suratga tushgan qaysi filmlarni sevib tomosha qilishi haqida aytdi.
Asalning aytishicha, o‘zi ishtirokidagi “Janob hech kim”, “Hay hay qizaloq” hamda “Islomxo‘ja” filmlarini qayta-qayta tomosha qiladi.
Aktrisaning muxlislaridan biri “Aytishlaricha, siz EKO yordamida homilador bo‘lgan ekansiz, shu rostmi?” — deya savol berdi.
“Yo‘q, bu noto‘g‘ri ma’lumot, men homiladorlik paytida hatto vitaminlar ham ichganim yo‘q”, — deydi aktrisa. Shuningdek, u sun’iy urug‘lantirish orqali homilador bo‘lishga qarshi emasligini ham bildirdi.
“Sizni qachon kinolarda ko‘ramiz?” degan savolga u “Yangi serialda ko‘rishingiz mumkin”, deb javob berdi.
Asalning yozishicha, homiladorlik davrida uning qo‘l va oyoqlarida shish kuzatilmoqda.
“Shuning uchun na’matak damlamasini ichyapman”, — deydi Asal.
Шарлиз ва Чаман...фотографии со съе?мок????апрель месяц
“Karantin tamoman tugaganidan keyin nima qilasiz?” deb so‘radi aktrisadan muxlisi.
“Bolalar xonasiga ko‘chib o‘taman va tagliklarda cho‘milaman”, — dedi Asal Shodiyeva.
Avvalroq aktrisa baxti va orzusi haqida aytib o‘tgan edi.
Mavzuga doir: Ona bo‘lish arafasida turgan aktrisa Asal Shodiyeva yangi serialda suratga tushdi (video)
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
