» » Neymar va Anxel Di Mariya koronavirusga chalindi

Neymar va Anxel Di Mariya koronavirusga chalindi


PSJ matbuot xizmati jamoaning uch nafar futbolchisida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.

Kasallanganlar tegishli yo‘riqnomalarga ko‘ra izolyatsiyaga olingan va shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Klubning qolgan vakillari ham COVID-19 ga test topshiradi. Klub infeksiya yuqtirib olganlar nomini oshkor qilmagan.

L’Equipe nashrining xabar qilishicha, infeksiya bilan zararlangan futbolchilar — Neymar, Leandro Paredes va Anxel Di Mariya.

Ularning barchasi ta’tilni Ibitsada o‘tkazgandi. Ular bilan birga Mauro Ikardi, Ander Errera va Keylor Navas ham bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, parijliklar Fransiya chempionatining 2-turi doirasida 10-sentabr kuni “Lans”ga qarshi o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют