» » O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalar farzandlariga beriladigan yordam puli uchun hujjatlar talab qilinayotgani to‘g‘risidagi xabarga izoh berildi

O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalar farzandlariga beriladigan yordam puli uchun hujjatlar talab qilinayotgani to‘g‘risidagi xabarga izoh berildi


Ijtimoiy tarmoqlar orqali davlat tomonidan ehtiyojmand oilalarning 16 yoshgacha bo‘lgan bolalariga 2020-yilning sentabr oyida beriladigan bir martalik moddiy yordam puli uchun bir qancha hujjatlar talab qilinayotganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi, deya xabar berdi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi.

Vazirlik mazkur xabarni atroflicha o‘rganib chiqqanini ta’kidladi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, prezidentning 2020-yil 26-avgustdagi “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4815-sonli qaroriga muvofiq, 2020-yilning sentabr oyida quyidagi toifaga kiruvchi bolalarning har biriga 500 ming so‘mdan pul tarqatilishi belgilangan.

Bular:

Shuningdek, qarorda 810 mingdan ortiq mazkur toifaga kiruvchi bolalarga davlat budjetidan 400 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Moddiy pul mablag‘lari quyidagi tartibda tarqatiladi:

1. O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali.

Bunda Jamg‘armada mavjud boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasini oluvchi oilalarning bolalari hamda nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ro‘yxatlari asosida ularning oylik pensiya va nafaqa miqdoriga qo‘shib to‘lab beriladi.

Qayd etilishicha, buning uchun mazkur oilalardan hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

2. Hududiy sektorlar va fuqarolar yig‘inlari tomonidan shakllantiriladigan “temir daftar” tizimi orqali.

Bunda dastlab sektor va fuqarolar yig‘ini vakillaridan iborat Ishchi guruh a’zolari uyma-uy yurgan holda “temir daftar”ga kiritilgan oilalarning a’zolarini, shu jumladan, ularda yashovchi 16 yoshga to‘lmagan bolalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazadi. Mazkur jarayonda oilaning “temir daftar”ga kirish uchun mavjud ijtimoiy holati hamda turmush sharoiti o‘rnatilgan tartibda o‘rganiladi.

Ma‘lum qilinishicha, bir martalik moddiy yordamni oluvchi oilalar va ulardagi 16 yoshga to‘lmagan bolalarni ro‘yxatga olishda oiladagi 16 yoshga to‘lmagan bolalarning faqatgina tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va ota onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning pasport nusxalari olinadi.

Shuningdek, fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, agar mazkur hujjatlardan nusxa taqdim etishning imkoni bo‘lmasa, telefon yoki fotoapparat qurilmalari orqali hujjatlarning fotonusxalari olinadi.

Bildirilishicha, “temir daftar” tizimi orqali bir martalik moddiy yordam oluvchi oilalar va ulardagi 16 yoshga to‘lmagan bolalar haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida fuqarolarning ortiqcha ovora bo‘lishiga hamda ulardan yuqorida keltirib o‘tilgan hujjatlardan boshqa hujjatlar talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют