» » O‘zbekistonda hafta oxiriga borib havo salqinlashishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta oxiriga borib havo salqinlashishi kutilmoqda


O‘zgidromet hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2—3-sentabr kunlari O‘zbekiston hududi kuchsiz siklon harakati ta’sirida bo‘ladi. Respublikada havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va mamlakatning tog‘li va tog‘oldi hududlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

4-sentabrda respublikaning katta qismida havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Shu kunlarda harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

5—6-sentabr kunlari O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston ustidan o‘tadigan antisiklonning chegarasi ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sinoptik vaziyat natijasida havo salqinlashsa-da, ob-havo, asosan, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. 5-sentabrda harorat kechasi 15-20 darajagacha, kunduzi 27-32 darajagacha pasayadi, 6-sentabrda yana biroz pasayib, kechasi 12-17 darajani, kunduzi 25-30 darajani tashkil qiladi.

Respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayish ehtimoli bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют