» » O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Qadambay Sultonov bir vaqtning o‘zida Finlyandiyada ham elchi bo‘ldi

O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Qadambay Sultonov bir vaqtning o‘zida Finlyandiyada ham elchi bo‘ldi


O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Qadambay Sultonov 27-avgust kuni mamlakatning Finlyandiyadagi yangi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tdi, deb xabar berdi “Dunyo”. Elchixona qarorgohi Riga shahrida bo‘ladi.

Yevropadagi epidemiologik vaziyat tufayli Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyoga ishonch yorliqlarini topshirish va O‘zbekiston elchisi vakolatlarini tan olganligi haqidagi maktubni imzolash marosimi masofadan turib o‘tkazilgan.

Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotgan bo‘lib, ta’lim, energetika, muhandislik, konchilik, qishloq xo‘jaligi, AKT, yashil texnologiyalar, tashqi mehnat migratsiyasi va boshqa sohalarni qamrab oladi.

Iyun oyida 18 yil ichida birinchi marta ikki mamlakat hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda hamrais sifatida O‘zbekiston tomondan bosh vazir o‘rinbosari, Finlyandiya tomoni esa rivojlanish va tashqi savdo vaziri ishtirok etdi. May oyida Finlyandiya Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi (IXKTF)ning donoriga aylandi.

Qadamboy Sultonov 2019-yilning oktabr oyidan buyon O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi.

Avvalroq O‘zbekistonning Ozarbayjondagi yangi elchisi Bahrom Ashrafxonov Ilhom Aliyevga ishonch yorlig‘ini topshirgani, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakatdagi faoliyati yakunlanayotgan Isroil elchisini qabul qilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: AQSh, Turkiya va Xitoy elchilari O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan o‘zbek tilida tabrik yo‘lladi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют