» » Pro-Liga. “Sho‘rtan” so‘nggi daqiqalarda “Neftchi”dan g‘alabani tortib oldi, “Xorazm” yana yutqazdi

Pro-Liga. “Sho‘rtan” so‘nggi daqiqalarda “Neftchi”dan g‘alabani tortib oldi, “Xorazm” yana yutqazdi


Futbol bo‘yicha Pro-Liganing 4-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 2-sentabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Sho‘rtan” jamoasi peshqadam “Neftchi”ni qabul qildi. Uchrashuvning 60-daqiqasida Doston Toshmatov farg‘onaliklarni oldinga olib chiqdi. Biroq g‘uzorliklar so‘nggi daqiqalarda ikkita gol urgan holda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. 89-daqiqada Shokir Yo‘ldoshev muvozanatni tiklagan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Shahboz Jo‘rayev “Sho‘rtan”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

“Sho‘rtan” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 9 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib olgan “Neftchi” (7) esa 3-pog‘onada bormoqda.

“Xorazm” jamoasi “Oqtepa” uyida mehmon bo‘ldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda darvozalar to‘rt bor ishg‘ol etildi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Oqtepa” ochkolarini 7 taga yetkazib oldi va ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi. “Xorazm” esa ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi va so‘nggi o‘rinda qolmoqda.

Pro-Liga

4-tur bahslari

2-sentabr, chorshanba

Gollar: 0:1 – 60 Doston Toshmatov, 1:1 – 89 Shokir Yo‘ldoshev, 2:1 – 90+3 Shahboz Jo‘rayev.

Gollar: 1:0 – 59 Idris Bikmaykin, 2:0 – 87 Ja’far Ismoilov, 2:1 – 88 Hurmatbek Yo‘ldoshev, 3:1 – 90+2 Temur Hakimov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют