» » O‘zbekistonda boshqa shaxslarning pasport ma’lumotlari bilan telefonlarning IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazayotganlarga nisbatan tergov olib borilmoqda

O‘zbekistonda boshqa shaxslarning pasport ma’lumotlari bilan telefonlarning IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazayotganlarga nisbatan tergov olib borilmoqda


Ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yilning yozi boshidan buyon xorijdan uchib kelgan fuqarolar telefonlarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimida muammolarga duch kelayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Vaziyat turlicha namoyon bo‘lmoqda — kimdir karantin muddatini o‘tash chog‘ida pasportini mehmonxonaga topshirgan, kimningdir pasporti samolyot bortida olingan. Biroq ularning hammasi mazkur holatlardan keyin telefonlarining IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga urinish chog‘ida ularning pasport ma’lumotlari asosida boshqa qurilmalar ro‘yxatdan o‘tkazilganini aniqlagan. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi mazkur holatlarga izoh berdi.

Ta’kidlanishicha, jismoniy shaxslar uchun IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish onlayn (veb-sayt, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali), masofaviy (SMS/USSD so‘rovlar) yoki ro‘yxatdan o‘tkazish punktlariga shaxsan murojaat etish orqali amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan mobil qurilmalarning IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun shaxsning pasport ma’lumotlari, telefon raqami va mobil qurilmaning IMEI kodini taqdim etish talab qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilinayotgan mobil qurilmalarning O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan bojsiz olib kirish normalariga rioya etilganligini tekshirish maqsadida shaxsning pasport ma’lumotlariga asosan fuqaroning O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tekshiriladi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi operatori va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Vazirlik tomonidan bildirilishicha, ro‘yxatdan o‘tkazish masofaviy yoki onlayn tarzda amalga oshirilayotganida foydalanuvchi bilan shaxs o‘rtasida aloqa bo‘lmasligi sababli fuqarolarning pasport ma’lumotlarini aynan shu shaxsning o‘zi yoki boshqa shaxs tomonidan taqdim qilinayotganligini tizim orqali aniqlash imkoni bo‘lmaydi. Shu sababli hozirda uchinchi shaxslarning pasport ma’lumotlaridan foydalangan holda mobil qurilmalar IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hollari kuzatilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, uchinchi shaxslarning pasport ma’lumotlarini kiritgan holda noqonuniy ravishda olib kirilgan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazilish holatlarining oldini olish va ushbu noqonuniy harakatlarni amalga oshirgan shaxslarni aniqlash maqsadida, tizim operatori tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan. Bugungi kunda tergov-surishturuv ishlari olib borilmoqda. Tergov-surishtiruv ishlari natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют