» » MDH davlatlari orasida 2020-yilning birinchi yarmida eng yuqori inflyatsiya O‘zbekistonda qayd etildi

MDH davlatlari orasida 2020-yilning birinchi yarmida eng yuqori inflyatsiya O‘zbekistonda qayd etildi


2020-yilning birinchi yarmida iste’mol mahsulotlari sektoridagi inflyatsiya O‘zbekistonda 4,6 foizni, Tojikistonda esa 4,3 foizni tashkil qildi. Bu haqda MDHning Davlatlararo statistika qo‘mitasi ma’lum qildi, deb yozmoqda Asia Plus.

Qayd etilishicha, mazkur davrda eng yuqori inflyatsiya ushbu ikki davlatda kuzatilgan.

Ko‘rsatilgan davrda inflyatsiya darajasi Qozog‘istonda 4,2 foiz, Belarusda 3,4 foiz, Qirg‘izistonda 3 foiz, Rossiyada 2,6 foiz, Ukrainada 2 foiz, Ozarbayjonda 1,5 foiz, Moldovada 1,1 foiz, Armanistonda 1 foizni tashkil qilgan. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.

Avvalroq O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yilning dastlabki olti oyida mamlakatda iste’mol narxlari va tariflari 4,6 foizga o‘sganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: “O‘zbekistonda karantinning uzaytirilishi asosiy iste’mol tovarlarining narxlari oshishiga olib kelishi mumkin” — Markaziy bank



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют