» » O‘tgan yili O‘zbekiston chegarasini buzgan 22 mingdan ortiq kishi qo‘lga olindi

O‘tgan yili O‘zbekiston chegarasini buzgan 22 mingdan ortiq kishi qo‘lga olindi


O‘zbekiston MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi o‘tgan yili 22 876 nafar qoidabuzarni qo‘lga oldi. Bu haqda 28-aprel kungi brifingda qo‘mita vakili ma’lum qildi, deb xabar beradi Uz24.

Qo‘lga olinganlar orasida 7343 nafari davlat chegaralarini buzib o‘tgan, 6887 nafari chegara tartibini, 7272 kishi chegara qoidasini va 1374 nafari O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibini buzgan.

Xalqaro terrorchilik tashkilotlariga aloqador bir kishi va qidiruvda bo‘lgan o‘n nafar shaxs qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, qo‘mita tomonidan 271 dona qurol-aslaha, jumladan, to‘rt dona o‘qotar qurol, 255 dona ov miltig‘i, 12 dona pnevmatik qurol, 13453 dona o‘q-dori, ikki dona F-1 granatasi va 3,6 kg portlovchi moddalari chegaradan olib o‘tilishining oldi olingan.

Shuningdek, hisobot davrida chegarachilar 205 kgdan ortiq narkotik vositalar kontrabandasiga chek qo‘ygan.

Опубликовано: admin (28-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют