» » O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktoriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktoriga ikki o‘rinbosar tayinlandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Otabek Hasanov Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik tomonidan ma’lum qilindi.

Otabek Hasanov 1985-yilda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida tug‘ilgan. U 2006-yilda O‘zbekiston Milliy universitetining bakalavr bosqichini, 2008-yilda O‘zbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. 2013-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Siyosiy fanlar bo‘yicha PhD doktori.

Otabek Hasanov shu kunga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Prezident farmoni bilan Amirtemurxon Musayev Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Amirtemurxon Musayev 1967-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1992-yilda Toshkent texnika universitetini tamomlagan, 2015-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Mazkur tayinlovga qadar Amirtemurxon Musayev O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida mas’ul lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2019-yilda tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 06:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют