» » Rossiya koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha Hindiston bilan kelishuv imzoladi

Rossiya koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha Hindiston bilan kelishuv imzoladi


Rossiya Hindiston kompaniyalari bilan koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining 300 million dozasini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Hindistonlik ekspertlar Rossiya vaksinasining kuchini ko‘rdi. Hindiston kompaniyalari bilan bir yil ichida 300 milliondan ziyodroq dozada vaksina ishlab chiqarish yuzasidan kelishuv imzoladik”, — degan Dmitriyev.

Shuningdek, jamg‘arma direktori Rossiyaning Hindiston tomonidan berilgan vaksina bo‘yicha barcha masalalarga javob qaytarganini qo‘shimcha qilgan.

“Hindistonlik olimlar bizni qo‘llab-quvvatlamoqda va ushbu mamlakat bilan munosabatlarimiz yaxshi. Hindistonni butun dunyoga vaksina yetkazib bera oladigan ishlab chiqarish quvvatiga ega deb hisoblaymiz. Biz berilgan barcha savollarga javob qaytardik, asosiy savol, ya’ni ilmiy maqola qachon chop etilishiga ham oydinlik kiritildi. Maqola g‘arbning katta nashrlaridan birida e’lon qilinadi. Tadqiqotlarning ro‘yxatdan o‘tgandan keyin ham davom etgani yuzasidan ham savol chiqdi. Shu haftaning o‘zida Rossiyada 40 mingga yaqin ro‘yxatga olish bilan parallel ravishdagi tadqiqotlar amalga oshirildi”, – degan u.

Dmitriyev Rossiya turli mamlakatlardan koronavirusga qarshi milliarddan ziyod dozadagi vaksina buyurtmasini olgani haqida ham gapirgan.

“Hindiston bilan hamkorlikda ushbu vaksinani ishlab chiqarishni boshlasak, uni dunyoning asosiy yetakchi mamlakatlariga ham yetkazib bera olamiz. Bu tekshirilgan, odam uchun xavfsiz adenovirus texnologiyasi va biz turli davlatlardan milliarddan ziyod dozaga buyurtma oldik. Avval ham aytganimdek, Hindiston bilan bir yil ichida 300 million dozani ishlab chiqarishimiz mumkin”, – deydi rossiyalik amaldor.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi avgust oyida COVID-19 koronavirus infeksiyasining oldini olishda ishlatiladigan dunyodagi eng birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan. Gamaleya instituti olimlari ishlab chiqqan “Sputnik V” sinovlari davom etayotgan pallada parallel ravishda tezkor tartibda guvohnoma olgani ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaksina 11-avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini olgan. Vaksina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Vaksinani yaratish va tadqiq qilish ishlarini moliyalashtiruvchi Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yil oktabr oyidan boshlanishini aytgan. Keyinchalik Rossiyada xavf guruhiga kiruvchi kishilarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2020-yilning noyabr—dekabr oylarida boshlanishi haqida xabar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют