» » “Uchar odam” amerikalik uchuvchilarni qo‘rqitib yubordi

“Uchar odam” amerikalik uchuvchilarni qo‘rqitib yubordi


Ayrim uchuvchilar parvoz vaqtida noma’lum uchar jismlar bilan to‘qnash kelganini gapiradi, biroq ularning hikoyasidan Los-Anjelesga qo‘nishni amalga oshirish vaqtida reaktiv kiyimdagi noma’lum erkakni ko‘rgan American Airlines uchuvchisiniki oshib tushdi. Bu vaqtda ular taxminan 914 metr balandlikda bo‘lgan, deb yozadi Fox 11.

Uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtda u Los-Anjelesdan 10 mil uzoqlikda bo‘lgan. Shu payt samolyot qanoti yonidan bir erkak uchib o‘tgan. Havo kemasi kapitani bu haqda aeroportdagi aviadispetcherni ham ogohlantirgan, buni qayd etilgan yozuvlardan tekshirish mumkin. Samolyot va reaktiv kiyimdagi erkak bir xil balandlikda taxminan bir-biridan 300 metr uzoqlikda bo‘lgan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bu kabi holatga SkyWest aviakompaniyasi uchuvchisi ham duch kelgan. Reaktiv kiyimdagi erkakning shaxsi noma’lumligicha qolmoqda. Bu kabi g‘ayrioddiy holatlar faqat Los-Anjeles yaqinida sodir bo‘lmoqda. Holat yuzasidan FQB tergov ishlarini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avgust o‘rtalarida AQSh Mudofaa vazirligi noma’lum uchar jismlar (NUJ) paydo bo‘lish holatlarini kuzatuvchi ishchi guruhni tuzgan edi.

Mavzuga doir: Amerikalik harbiylar noma’lum uchar jismlar bilan bog‘liq hisobotlarni e’lon qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют