» » Donni van de Bek “Manchester Yunayted”da futbol bilan bir umrga xayrlashgan do‘sti Adbulhaq Nurining raqamida o‘ynaydi

Donni van de Bek “Manchester Yunayted”da futbol bilan bir umrga xayrlashgan do‘sti Adbulhaq Nurining raqamida o‘ynaydi


Yarim himoyachi Donni van de Bekning “Manchester Yunayted”da qaysi raqam ostida o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.

Futbolchi bir vaqtlar “Ayaks” sobiq yarim himoyachisi Abdulhaq Nuriniga tegishli bo‘lgan 34-raqam ostida harakat qiladi.

Mazkur raqam ostida “Manchester  Yunayted” bilan amaldagi shartnomasini yaqindagina uzaytirgan Din Henderson harakat qilardi, biroq u raqamini yangi futbolchiga berishga rozi bo‘lgan.

“Bu men uchun eng yaqin do‘stim Adbulhaq Nuri sabab o‘ziga xos onlar... Balki, siz uning tarixini bilarsiz. Unda yurak xuruji bo‘lgan, u mening yaqin do‘stim.

Uning oilasi bilan yaqinman, akasi ham mening eng yaqin do‘stlarimdan biri. U bilan ko‘p suhbatlashaman. Shunday ekan, u harakat qilgan raqamni olishni istadim. Bu raqamni yaxshi xotiralar bilan bog‘lamoqchiman”, — deydi van de Bek.

Eslatib o‘tamiz, Nuri 2017-yilning yozida “Verder”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida yurak xuruji tufayli hushini yo‘qotadi. Futbolchi koma holatiga tushadi. Keyinchalik Nurining miyasiga jiddiy zarar yetgani va uning tiklanishi imkonsizligi ma’lum bo‘ladi. Shu tariqa futbolchi butun umrga nogiron bo‘lib qoladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют