WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Toshkentda o‘zganing mashinasidan 17 mln so‘m pulni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Toshkentda o‘zganing mashinasidan 17 mln so‘m pulni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Olmazor tumani ichki ishlar organlariga 2020-yil 20-avgust kuni 29 yoshli qashqadaryolik Zamirbek N. sodir etilgan o‘g‘rilik yuzasidan murojaat qildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Murojaatchining ma’lum qilishicha, 20-avgust kuni taxminan soat 21:50 da noma’lum shaxs avtomobilining ochiq va qarovsiz qolganidan foydalanib, salonda bo‘lgan 17 million so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar davomida o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxs 33 yoshli Abdufozil A. qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?
КТО НА САЙТЕ?
( 97)
( 0)
( 96)
( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей...
- отсутствуют