» » O‘zbekiston hukumati inqirozdan keyingi davrda iqtisodiyotni ikki bosqichda tiklash dasturini tasdiqladi

O‘zbekiston hukumati inqirozdan keyingi davrda iqtisodiyotni ikki bosqichda tiklash dasturini tasdiqladi


O‘zbekiston hukumati tomonidan 2020—2021-yillar uchun inqirozdan keyingi davrda iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha keng ko‘lamli dastur qabul qilindi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar berdi.

Mazkur dastur koronavirus pandemiyasining O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sirini bartaraf etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning investitsiya va tashqi iqtisodiy faoliyatini tiklash hamda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun sharoit yaratish maqsadida tasdiqlangan.

Amaliy harakatlar rejasi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqich — 2020-yil oxiriga qadar — barqarorlashtirish va tiklangan o‘sish. Yuqorida aytib o‘tilgan va taklif qilingan chora-tadbirlarning to‘liq bajarilishi bilan 2020-yilga mo‘ljallangan ko‘rsatkichlar quyidagicha baholanadi:

Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi — 102,2 foiz (dastlabki prognoz 105,5 foiz),

Ushbu hisob-kitoblar Respublikada va dunyo miqyosida karantinni qayta joriy etish ehtimolini o‘z ichiga olmaydi.

Ikkinchi bosqich — 2021-yildan boshlab 5,0-5,5 foiz barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan, 2020—2021-yillar davomida koronavirus pandemiyasining oqibatlarini moslashtirish bilan tizimli islohotlarni davom ettirishga qaratilgan choralar.

Shu bilan birga, tashqi ta’sirning davomiyligi va pandemiyaning iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sektorlariga (turizm, transport, eksport) ta’sirini hisobga olgan holda, ularning inqirozgacha bo‘lgan tendensiyalariga chiqish 2021-yildan o‘tishi mumkin.

“Shu bilan birga, tashqi ta’sirning davomiyligi va pandemiyaning iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sektorlariga (turizm, transport, eksport) ta’sirini hisobga olgan holda, ularning inqirozgacha bo‘lgan tendensiyalariga chiqish 2021-yildan o‘tishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Makroiqtisodiy siyosat va bozor institutlarini isloh qilish sohasidagi asosiy chora-tadbirlari sifatida quyidagilar amalga oshiriladi:

Bank sektoridagi asosiy chora-tadbirlar, ish bilan bandlikni oshirish, aholi daromadlari va qashshoqlikni kamaytirish orqali ichki talabni rag‘batlantirish, shuningdek, ishbilarmonlik va raqobat muhitini yaxshilash, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoat va mahalliylashtirish sohasidagi chora-tadbirlar, investitsiya muhitini yaxshilash, raqamlashtirishni rivojlantirish va eksportni kengaytirish alohida e’tibor qaratilmoqda.

Avvalroq MDH davlatlari orasida 2020-yilning birinchi yarmida eng yuqori inflyatsiya O‘zbekistonda qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: “O‘zbekistonda karantinning uzaytirilishi asosiy iste’mol tovarlarining narxlari oshishiga olib kelishi mumkin” — Markaziy bank



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют