» » AQSh sudi MXAning fuqarolar ustidan ommaviy kuzatuvini noqonuniy deb topdi. Uni 7 yil oldin Edvard Snouden fosh etgandi

AQSh sudi MXAning fuqarolar ustidan ommaviy kuzatuvini noqonuniy deb topdi. Uni 7 yil oldin Edvard Snouden fosh etgandi


Kaliforniyada joylashgan AQSh 9-okrug apellyatsiya sudi 2-sentabr kuni Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) tomoniyan yaratilgan qo‘ng‘iroqlar va internet foydalanuvchilarining yozishmalarini kuzatish dasturini noqonuniy deb topdi. Sud qarorida aytilishicha, sud sanksiyasisiz millionlab amerikaliklarning telefon suhbatlarini yozib olish “Tashqi razvedka maqsadida yashirin kuzatish akti”ni buzish hisoblanadi va konstitutsiyaga zid bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Meduza.

Sud Kaliforniyada yashagan to‘rt nafar Somali fuqarosining apellyatsiyasini ko‘rib chiqib bu kabi qarorni qabul qilgan. 2013-yilda ular 10,9 ming dollar pul o‘tkazmasi sabab Somalidagi diniy mutaassiblarni moliyalashtirishda ayblangan.

Reuters’ning ta’kidlashicha, amerikalik amaldorlar bunga qadar MXA hech qachon amerikaliklarga oid ma’lumotlarni qasddan yig‘magani, telefon suhbatlarini kuzatish dasturi AQShda ekstremistlarga qarshi kurashda, xususan, to‘rt nafar Somali fuqarosi ishida yordam berganini ta’kidlab kelgan.

Apellyatsiya sudining qaroriga ko‘ra, kuzatuv dasturi Somali fuqarolarining ishida asosiy rolni o‘ynamagan, amerikalik amaldorlarning bayonoti esa “maxfiy qaydlardagi ma’lumotlarga zid”.

Shunga qaramay, apellyatsiya sudi somalilik migrantlar ishi bo‘yicha hukmni o‘z kuchida qoldirgan, chunki noqonuniy kuzatuv sud jarayonida taqdim etilgan isbotlarga ta’sir ko‘rsatmagan.

Sud qarorida 2013-yilda maxsus xizmatlar amerikaliklar va boshqa davlat fuqarolarini ommaviy kuzatayotgani to‘g‘risida birinchi bo‘lib xabar bergan MRB va MXA sobiq xodimi Edvard Snoudenning roli 6 marotaba tilga olingan. Snouden sud qaroriga izoh berar ekan, amerikalik amaldorlarning kuzatish dasturi zarurligi to‘g‘risidagi ta’kidlarini rad etishini bildirgan.

“Bundan 7 yil oldin, yangiliklarda meni jinoyatda ayblashgan vaqtida sudlar MXAning harakatlarini noqonuniy deb baholashi va qarorda mening xizmatlarim tilga olinishini tasavvur ham qila olmasdim. Shunga qaramay, bu kun keldi”, — deydi 2013-yilning iyunidan beri Rossiyada yashirinib kelayotgan Snouden.

Politico’ning yozishicha, qo‘ng‘iroqlar va yozishmalarni kuzatish dasturi rasman 2015-yilda, “Ozodlik to‘g‘risidagi akt” qabul qilinganidan so‘ng yopilgan. Biroq OAV ma’lumotlariga ko‘ra, MXAning yangilangan versiyasi 2019-yilga qadar ishlashda davom etgan.

Mavzuga doir:AQSh hukumati Edvard Snoudenni yangi kitobi sabab sudga berdi

Eslatib o‘tamiz, Edvard Snouden Amerika hukumati tomonidan amerikalik va chet el fuqarolari ustidan olib borilgan maxfiy elektron kuzatuvlar haqidagi ma’lumotlarni keng ommaga tarqatganligi uchun qidirilmoqda. Amerika rahbariyatining ta’kidlashicha, u ushbu ma’lumotlarni matbuotga fosh etib, mamlakat xavfsizlik darajasiga yetarlicha ziyon yetkazgan. Snoudenning o‘zi bu borada, AQSh raqiblariga hech qanday ma’lumot yetkazmagani, shunchaki, ommaga Amerika hukumati juda ko‘p sonli insonlarni kuzatib, ularning ruhiyati va konstitutsion huquqlarini poymol etayotganini oshkor etgan xolos.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют