» » Pro-Liga. “Dinamo” o‘z uyida “Zomin”ni yirik hisobda yengdi, Farg‘ona derbisida “Turon”ning qo‘li baland keldi

Pro-Liga. “Dinamo” o‘z uyida “Zomin”ni yirik hisobda yengdi, Farg‘ona derbisida “Turon”ning qo‘li baland keldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro-Ligasining 4-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin 3-sentabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Turon” va “Istiqlol” jamoalari o‘rtasida kechgan vodiy derbisida maydon egalarining qo‘li baland keldi. Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq yaypanliklar Abdulazizxon Abdurashidovning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Shohrux Xolmatov mezbonlarning ikkinchi golini urdi. Bunga mehmonlar Sanjar Baratovning 71-daqiqadagi goli bilan javob berdi.

Yana bir o‘yinda “Dinamo” o‘z uyida “Zomin”ni qabul qildi. Shahboz Nuriddinov birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida samarqandliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Andrey Sidorov zominliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Obid Jo‘raboyev yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:0.

Pro-Liga

4-tur bahslari

3-sentabr, payshanba

Gollar: 1:0 – 5 Abdulazizxon Abdurashidov, 2:0 – 56 Shohrux Xolmatov, 2:1 – 71 Sanjar Baratov.

Gollar: 1:0 – 45 Shahboz Nuriddinov, 2:0 – 57 Andrey Sidorov, 3:0 – 90+1 Obid Jo‘raboyev.

4-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют