» » Ko‘chada yalangoyoq yurgan keksa ayolni ko‘rgan braziliyalik futbolchi mashinasidan tushib, unga oyoq kiyimini yechib berdi (video)

Ko‘chada yalangoyoq yurgan keksa ayolni ko‘rgan braziliyalik futbolchi mashinasidan tushib, unga oyoq kiyimini yechib berdi (video)


“Krasnodar” futbol klubi hujumchisi Ari ko‘chada yalangoyoq yurgan rossiyalik nafaqaxo‘rning yonidan indamay o‘tib keta olmadi. Sportchi mashinani to‘xtatib, ayolga oyoq kiyimini yechib berdi. Bu haqda futbolchining rafiqasi Natalya Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Turmush o‘rtog‘imning yuragi cheksiz mehrga to‘la. Ko‘chada yalangoyoq yurgan nafaqaxo‘r buvini ko‘rdi va mashinani to‘xtatdi. Unga o‘zining oyoq kiyimini berdi. Mashinada ko‘z yoshimni tiyolmadim, faxrlanaman!”, ? deb yozadi Natalya.

Shuningdek, u barchani mehrli bo‘lishga chaqirgan.

35 yoshli Ari video ostida “Qanday olijanoblik?!”, “O‘zi yalangoyoq tug‘ilgan odam hech qachon muhtojning oldidan jim o‘tolmaydi”, “Barakalla, Ari” kabi izohlar bilan olqishlangan.

View this post on Instagram

Пусть это останется здесь ????????? ? Безгранично доброе сердце моего мужа @ari_gol1000 Увидел на улице бабушку босиком , остановился и отдал ей свою обувь . ? ? Я прослезилась в машине. ????Горжусь ??????????? ? Будьте добрыми ??????????

A post shared by Natalia Ferreira (@natali_natali_g) on

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют