» » Italiyada eski “GAZ-69” mashinasi yangi Lada Granta narxida sotuvga qo‘yildi

Italiyada eski “GAZ-69” mashinasi yangi Lada Granta narxida sotuvga qo‘yildi


Italiyada eski namunadagi mahalliy raqamlar taqilgan “GAZ-69” sotuvga qo‘yildi. Sotuvchi sobiq Sovet davriga tegishli avtomobilni 6 ming dollarga sotishga tayyor. Rossiyada esa ushbu pulga yangi Lada Granta xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Mazkur mashina Ulyanovsk avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lib, Yevropaga 1973-yilda mutlaqo yangi holatda olib kelingan. Sotuvga qo‘yilgan nusxaning so‘ziga xosligi — to‘liq metall kuzovida uchta eshik mavjudligida — bu kabi model seriyali ishlab chiqarilmagan. Taxminlarga ko‘ra, bu mahalliy distribyutorlarning ishi.

Bundan tashqari, ushbu “GAZ-69”ning 2,1 litrli benzin dvigateli olib tashlanib, o‘rniga Perkins firmasining 1,8 litrli dizel atmosfera motori o‘rnatilgan. Mashina hozirga qadar 336 ming kilometr yo‘l bosgan.

Avvalroq saloni oq timsoh terisi bilan qoplangan “Volga” sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Rossiyada KGB xodimlari uchun yaratilgan V8 dvigatelli noyob “Volga” sotuvga qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют