» » BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari pandemiya sharoitida senzura va jurnalistlarga bosim oshganini aytdi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari pandemiya sharoitida senzura va jurnalistlarga bosim oshganini aytdi


Jahon pandemiyasi sharoitida senzura, repressiya tendensiyalari, jurnalistlarga nisbatan tahdidlar va hujumlar, shuningdek, bunga javobgarlarning jazosiz qolishi kuchaydi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet 1-sentabr kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan tadbirda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bir qator mamlakatlarda pandemiya “siyosiylashtirilmoqda” va siyosatchilarning uning oqibatlarida o‘z muxoliflarini ayblashga urinishi jurnalistlarga nisbatan tahdidlar, hibsga olishlar va tuhmat qilish kampaniyalariga olib keldi.

“Ayrim hukumatlar, aftidan, sog‘liqni saqlash inqirozidan yanada kengroq va asossiz — tanqid va norozilikka qarshi repressiv choralar uchun bahona sifatida ishlatmoqda”, — deb ta’kidlagan Oliy komissar.

Uning aytishicha, bunday choralar OAV ofislari, saytlarning yopilishi, internetning o‘chirilishi va senzuraning boshqa shakllarini, shuningdek, jurnalistlarni o‘zboshimchalik bilan qo‘lga olish va hibsda saqlashlarni o‘z ichiga oladi.

“Bunday harakatlar jamoat salomatligi, rivojlanish, inson huquqlari va demokratiyaga zarar yetkazishini va o‘zlarini nazoratdan himoya qilmoqchi bo‘lgan bir qator odamlarning faqat tor doiradagi va qisqa muddatli manfaatlariga foyda keltirishini puxta anglashimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Mishel Bacheletning fikricha, odamlarga aniq ma’lumot berilmasa yoki hukumatning xatti-harakatlari yoki dezinformatsiyasi rasmiy bayonotlarga ishonchni yo‘qotsa, ular o‘zlarini kasallanishdan samarali himoya qila olmaydi.

“Hech bir jurnalist yoki OAV xodimi o‘zlarining reportajlari tufayli jinoiy javobgarlikka tortilmasligi yoki tahdid qilinmasligi kerak. Jurnalistning har bir hibsga olinishi va ularga qilingan har qanday hujum butun jamiyatga signal beradi: haqiqatni izlash va axborot olish, fikr bildirish va ishtirok etish huquqi rasmiylar tomonidan himoya qilinmagan”, — deya o‘z fikrini yakunlagan Oliy komissar.

Mavzuga doir: So‘xlik bloger Dadaxon Haydarov ozod etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют