» » Sovet davridagi eng qo‘rqinchli kino — “Boshsiz chavandoz” qanday suratga olingan? Film aktyorlari taqdiri qanday kechdi?

Sovet davridagi eng qo‘rqinchli kino — “Boshsiz chavandoz” qanday suratga olingan? Film aktyorlari taqdiri qanday kechdi?


Kino ixlosmandlari sevib tomosha qiladigan navbatdagi retro filmni yodga olishda davom etamiz. Film namoyishiga 47 yil ? salkam yarim asr bo‘lgan “Boshsiz chavandoz” muxlislari kino haqida qiziqarli ma’lumotlar hamda bosh qahramon rolini ijro etgan aktyor Oleg Borisovich Vidov va mahoratli aktrisa Lyudmila Savalyeva Mixaylovnaning hayoti qanday kechganini bilib olishlari mumkin.

Sovet Ittifoqi va Kuba hamkorligida suratga olingan “Boshsiz chavandoz” filmi 1973-yil 25-iyulda Moskvaning “Rossiya” kinoteatrida namoyish etilgan. Film ssenariysi Mayn Rid tomonidan 1865-yilda yozilgan “Boshsiz chavandoz” romaniga asoslangan.

Filmda aks etgan voqealar XIX asrning o‘rtalarida Amerikada sodir bo‘ladi. Badavlat Vudli Poyndekster oilasi ? uning o‘g‘li Genri, qizi Luiza va jiyani, iste’fodagi kapitan Kassiy Kolxaun bilan birgalikda Luizana shtatidan Texasga ko‘chib ketayotganda adashib qoladi. Ularga yo‘lni topishda mahalliy otboqar, irlandiyalik yosh Moris Jerald yordam beradi. U o‘zining beg‘araz ko‘magi bilan Poyndeksterning hurmatiga sazovor bo‘ladi, o‘g‘li Genri esa uni o‘ziga sodiq do‘st deb biladi. Luiza olijanob va jasur Morisga ko‘ngil qo‘yadi. Afsuski, Luizani avvaldan yoqtirib yurgan Kassiy uning ko‘nglini zabt etgan texaslik raqibidan nafratlana boshlaydi. Omadi chopgan raqibni yo‘ldan olib tashlash niyatida qabih rejalar tuzib, uni amalga oshirish uchun qulay fursat kutadi.

Bir kuni Moris Genri bilan qattiq janjallashib qoladi, ertasi kuni esa mahalliy aholi Genrining otini qonga belanib yotganini ko‘radi, uning o‘zi esa izsiz g‘oyib bo‘lgandi. Uning yo‘qolib qolishida Morisning ham aloqasi borligiga shubha yo‘q edi. Sababi bir kun avval Moris do‘sti bilan uchrashishga, undan kechirim so‘rashga borganini ko‘rishgan edi. Tongda esa Genri plash kiygan va qonga belangan holda topiladi. Ko‘p o‘tmay dashtda tashqi ko‘rinishi barchani dahshatga soladigan boshsiz chavandoz paydo bo‘ladi.

Oleg Borisovich

Film bosh qahramoni ? Moris Jerald rolini ijro etgan Oleg Borisovich Vidov 1943-yil 11-iyunda Moskvada tug‘ilgan. Bolaligidanoq otasi tomonidan tashlab ketilgan Oleg yetarlicha e’tibor ko‘rmaydi. Undagi teatr hamda san’atga bo‘lgan mehrni onasi va xolasi uyg‘otadi. Aktyorning bolaligi jahongashtalik bilan o‘tgan desa ham bo‘ladi. Sababi u Mo‘g‘uliston, undan so‘ng Germaniyaga borib yashashga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, u 6 yoshda nemis tilida ravon so‘zlasha olgan. Keyinchalik onasi Xitoy va Ruminiyaga ishlashga ketganida, xolasi bilan birga Qozog‘istonda ham bir muddat yashaydi.

Oleg 14 yoshga to‘lganida onasi nogiron bo‘lib qoladi va shundan so‘ng  maktabni tashlab, ilk mehnat faoliyatini boshlaydi. Dastlab Moskvada oshpaz yordamchisi, keyin qurilishda yuk tashuvchi, omborchi va elektrchi bo‘lib ishlaydi. 1960-yilda u N.E.Bauman nomidagi 29-sonli shahar kasalxonasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida sanitarlik qiladi. O‘sha paytda aktyor shifokor bo‘lishni ham orzu qilgan. Shuningdek, u ishchi yoshlar uchun mo‘ljallangan kechki maktabda ham tahsil olgan.

U birinchi marta 1960-yil “Mening do‘stim, Kolka” filmida kichik rol o‘ynaydi. Ammo uning ishtirokidagi epizod kartinaning so‘nggi versiyasiga kirtilmaydi. Shu tarzda kino olamiga bir qancha qiyinchiliklar bilan qadam qo‘ygan Oleg Kinematografiya institutiga o‘qishga kiradi va birin-ketin filmlarda suratga tusha boshlaydi.

Aktyorning shaxsiy hayoti ham biroz qiyinchilik bilan o‘tdi. U ilk bora 1970-yilda ikki haftalik tanishuvdan so‘ng Natalya Fedotovaga uylandi. Ularning turmushidan bir o‘g‘li bor. 1983-yil Yugoslaviya fuqarosi Veritsa Iovanovich bilan turmush qurdi. Shundan so‘ng aktyor Yugoslaviyada yashab, ijod qila boshlaydi. Ammo u bilan ajrashganidan so‘ng avval Avstriyaga, keyin Rimga ko‘chib boradi. U yerda kelajagi, aniqrog‘i so‘nggi rafiqasi amerikalik jurnalist Joan Borstin bilan uchrashadi. U bilan nikohdan o‘tgach, AQSh hududiga kirish huquqini oladi va u yerga ko‘chib boradi.

1989-yil suratga olingan “Yovvoyi orxideya” filmidan so‘ng aktyor sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘ladi. Kartinada poyga sahnasini suratga olish paytida Oleg yo‘lni ko‘rolmay qolgani uchun qayerga burilayotganini bilmaydi. U juda qattiq jarohat olmagan bo‘lsa-da, sog‘lig‘i yomonlasha boshlaydi. Tekshiruv natijasi shuni ko‘rsatdiki, to‘satdan ko‘rmay qolish uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan kamyob miya kasalligi bo‘lib chiqadi. Shundan so‘ng uning miyasida bir necha bor jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Uzoq muddatli davolanishdan so‘ng aktyor yana oyoqqa turdi va filmlarda rol ijro etdi.

1989-yil aktyorga gipofiz bezida to‘rtinchi bosqich o‘sma tashxisi qo‘yildi, olib borilgan jarrohlik ishidan so‘ng uning umri 19 yilga uzaydi. 2010-yil Oleg o‘g‘lini ko‘rish uchun Rossiyaga boradi va u yerda ahvoli og‘irlashdi. Shifokorlar unga ortiqcha miyeloma tashxisini qo‘ydi. Jahongashta, sayohatsevar ijodkor 2017-yil 15-mayda AQShda vafot etdi va “Hollywood forever” qabristoniga dafn etildi.

Lyudmila Savalyeva 

Lyudmila Savalyeva Mixaylovna 1942-yil 24-yanvarda Leningrad shahrida dunyoga kelgan. Albatta, u qiyinchilik davrida tug‘ildi. Lekin u voyaga yetmasidanoq kitob o‘qish, san’at va baletga qiziqa boshladi. 11 yoshidan balet bilan shug‘ullana boshladi. Keyinchalik Xareografiyaga o‘qishga kirdi.

Avval teatrdan o‘z faoliyatini boshlagan aktrisa tez orada rejissorlar nazariga tushdi. Unga kutilmagan darajada mashhurlik olib kelgan “Urush va tichlik” filmi suratga olishi jarayonida bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Aleksandr Zbruyev bilan tanishdi. Uning ishtirokida “Mening kichkina ukam” filmi namoyish etilganidan so‘ng Aleksandrni yaxshi ko‘rib qoldi.

Lyudmila ertakdagi muhabbatga ishonadigan romantik qiz edi. Aleksandr uning ko‘nglini zabt etdi, sababi undagi bola kabi samimiylikni yaxshi ko‘rardi. Aktrisa uyda tozalik va tartibni saqlasa-da, ovqat tayyorlashni bilmas va hatto buni yoqtirmas edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u oilasi ovqatga injiq emasligidan juda ham baxtiyor. Turmush o‘rtog‘ining sevimli taomi — qovurilgan kartoshka. Ularning Natalya ismli qizi bor. U ham ulg‘ayganida bir-ikkita filmda suratga tushdi, keyinchalik boshqa kasbni tanladi.

Hozirda aktrisa filmlarda rol o‘ynamaydi. U uzoq yillar o‘zini oilasiga bag‘ishladi. Bo‘sh vaqtida kitob mutolaasi va sayr qilishni afzal ko‘radi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Aleksandrning ikkinchi oilasidan bir qizi bor. Ammo otasi unga familiyasini berishni istamadi. Shuningdek, ular hamon birgalikda yashaydi. Aktrisa uning ikkinchi oilasi borligini uzoq vaqtdan beri bilardi, lekin u o‘sha vaqtlar oilasini saqlab qolishni afzal bilib, jurnalistlarning ushbu mavzuda berilgan savollarini javobsiz qoldirdi.

Qiziqarli faktlar

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют