» » O‘zbekistondagi tibbiyot kollejlari va texnikumlariga qabul kvotalari belgilandi

O‘zbekistondagi tibbiyot kollejlari va texnikumlariga qabul kvotalari belgilandi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot kollejlari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga abituriyentlarning hujjatlarini 2020/2021-o‘quv yili uchun onlayn qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Hujjatlarni qabul qilish 25-sentabrga qadar davom etadi. Bu haqda vazirlik tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayonnomalariga asosan, tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan vazirlik va idoralar qatori, Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi kollej va texnikumlarga ham 2020/2021-o‘quv yili uchun grant hamda to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari belgilandi.

Unga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud 28 ta tibbiyot kollejiga 832 ta grant, 14346 ta to‘lov-kontrakt, 47 ta Jamoat salomatligi texnikumiga esa 967 ta grant, 22543 ta to‘lov-kontrakt, jami 1799 ta grant hamda 36889 ta to‘lov-kontrakt o‘rni ajratildi. Respublika bo‘yicha 38688 nafar o‘quvchi tibbiyot kollejlari va Jamoat salomatligi texnikumlariga qamrab olinadi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida +998712461192 telefon raqamida tashkil etilgan Call-markaziga, shuningdek, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Call-markazlariga murojaat etishi mumkin. Ushbu markazlar haftaning dushanba—shanba kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.

Avvalroq O‘zbekistonda kollejlarga qabul kvotalari tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют