» » Pandemiya sababli Uzbekistan Airways 2020-yilning birinchi yarmida 767,7 mlrd so‘m zarar ko‘rdi

Pandemiya sababli Uzbekistan Airways 2020-yilning birinchi yarmida 767,7 mlrd so‘m zarar ko‘rdi


2020-yilning birinchi yarmida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi umumiy aktivlari qiymati 1,4 foizga o‘sdi va 17,5 trillion so‘mga yetdi. Bu haqda Avesta Investment Group kompaniyasi tomonidan ma’lum qilindi.

Shuningdek, aviakompaniya kapitali miqdori 2020-yilning olti oyida 2,9 foizga o‘sgan va 5,79 trillion so‘mni tashkil etgan, bunda kompaniya daromadi miqdori 1,77 trillion so‘mga teng bo‘lgan.

Qayd etilishicha, pandemiya sababli daromadning atigi 18 foizi ikkinchi chorakka to‘g‘ri kelgan. Shu tariqa, kompaniya ko‘rgan zarar miqdori 767,7 milliard so‘mni yoki daromadning 43,3 foizini tashkil qilgan.

Avvalroq Uzbekistan Airways va mamlakatdagi aeroportlar soliq imtiyozlari, kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr va pandemiya davrida aylanma mablag‘larni qo‘llab-quvvatlash uchun nol stavkali kredit olgan.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 4-sentabrdan beshta davlat bilan muntazam xalqaro aviaparvozlarni tiklaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют