» » Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilar qabuli onlayn bo‘ladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilar qabuli onlayn bo‘ladi


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021-o‘quv yili uchun imtihonlar ikki bosqichda o‘tkaziladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmadov 3-sentabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, maktabning 5—9-sinflariga o‘quvchilarni qabul qilish sentabr—oktabr oylarida bo‘lib o‘tadi, hujjatlar maktabning rasmiy veb-sayti (www.ictschool.uz) orqali onlayn qabul qilinadi. Imtihonlar ikki bosqichda o‘tkazilishi belgilangan:

Hujjatlarni qabul qilish va imtihonlar o‘tkazilish sanalariga aniqlik kiritilmoqda, bu bo‘yicha yaqin kunlarda axborot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab Prezidentning 2017-yil 14-sentabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan edi. 2019-yil dekabr oyida maktab binosi foydalanishga topshirilgan. Ayni paytda maktabda matematika va xorijiy tillardan muvaffaqiyatli imtihon topshirgan 680 nafar o‘g‘il-qiz 5—11-sinflarda ta’lim olmoqda.

Ushbu maktabga o‘quvchilar 5-sinfdan qabul qilinadi. Maktab matematika, informatika, fizika va ingliz tili fanlariga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi. Maktab o‘quvchilariga o‘quv jarayonida olayotgan nazariy bilimlarini IT-laboratoriyalardan foydalanib, amalda sinab ko‘rish imkoniyatlari yaratilgan. Ular maktab davridanoq o‘z loyihalarini ishlab chiqishlari mumkin. Bundan tashqari, bitiruvchilar IELTS ingliz tilidan baholash testlarini maktabning o‘zida topshirish imkoniyatiga ega.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev al-Xorazmiy texnologiya maktabini borib ko‘rdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют