» » Xorazmda fuqaroning uyiga bostirib kirib, u yerdagilarni kaltaklagani aytilgan ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Xorazmda fuqaroning uyiga bostirib kirib, u yerdagilarni kaltaklagani aytilgan ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi


Xorazm viloyati Shovot tumani “Arboblar” mahallasida yashovchi fuqaro Sherzod Ro‘zimov YouTube tarmog‘i orqali videomurojaat yo‘llab, unda 2020-yil 26-avgust kuni ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ularga nisbatan kuch ishlatilganligini bildirgan. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, DXX Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shovot tumani Chig‘atoyqal’a qishlog‘i “Royat” mahallasida yashovchi fuqaro Jamshid Hakimov 2020-yil 25-avgust kuni soat 23:00 da o‘z uyida qimorxona tashkil qilgani, fuqaro Otaniyozov Dadamurod va boshqalar qimor o‘ynayotganligi ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari tuman IIB tomonidan olib borilib, 2020-yil 28-avgust kuni Jamshid Hakimovga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, fuqaro Sherzod Ro‘zimov va boshqalar o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ichki ishlar xodimlari ularga nisbatan kuch ishlatganligi va haqorat qilganligi to‘g‘risida tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan.

Murojaat mualliflarining barchasidan tushuntirish xatlari olinib, fuqaro D.Otaniyozov, Sh.Ro‘zimov, O.Yo‘ldoshev, U.Eshchanov, M.Odilov, J.Hakimov, Sh.Boqiyev va A.Yoqubovda tan jarohat izlari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan.

Shuningdek, ichki ishlar xodimlarining harakatlari yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasiga xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat olingan holda tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Dehqonobodda IIB xodimlari qariyani urib o‘ldirgani xabar berildi. Marhumning qizi esa buni inkor qilmoqda (audio+video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 03:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют