» » Samarqandda yo‘lovchi talashgan ikki taksichi janjali ulardan birining o‘limiga sabab bo‘ldi

Samarqandda yo‘lovchi talashgan ikki taksichi janjali ulardan birining o‘limiga sabab bo‘ldi


Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi ikki haydovchi o‘rtasida yuz bergan janjal ulardan birining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 30-avgust kuni soat 11:00 da Oqdaryo tumanida 24 yoshli O.S. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 27 yoshli Sh.T. bilan avtomashinada yo‘lovchi tashish masalasida janjallashib qolgan va turli xil nojo‘ya so‘zlar bilan bir-birini haqorat qilgan.

Shundan so‘ng O.S. tanishi Sh.T. bilan kelib chiqqan nizoni hal qilish maqsadida, shu kuni soat taxminan 18:30 da Sh.T.ning uyiga kelib, tumanning “Uklon” qishlog‘ida joylashgan 36-sonli o‘rta ta’lim maktabining futbol maydonida yakkama-yakka urishishga kelishib olgan. Ushbu sport maydonida O.S. Sh.T.ga uni haqorat qilganligini ro‘kach qilib, bir necha bor qo‘li bilan Sh.T.ning yuz sohasiga urib, tanasining turli joylariga tepib, tan jarohati yetkazgan. Natijada Sh.T. hushidan ketib, yiqilgan. O.S. esa hodisa joyidan ketib qolgan.

Hodisa joyida bo‘lgan Sh.M., Sh.I. va Sh.X. hushidan ketib yiqilgan Sh.T.ni hushiga keltirish maqsadida yuziga suv sepgan. Ular Sh.T.ning nafas olishini eshitib, yo‘ldan o‘tib ketayotgan Nexia-2 mashinasini to‘xtatib, Sh.T.ni tez yordam bo‘limiga olib borgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, Sh.T. olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.

Respublika shoshilinch tez yordam markazi Samarqand filialining tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, Sh.T.ning tanasida yopiq bosh miya jarohati, burun suyagining sinishi, bosh yumshoq to‘qimalari ostiga qon quyilishi, bosh miya pardalari ostiga va to‘qimasiga qon quyilishi, bosh miyaning lat yeyishi, chap ko‘z pardasiga qon quyilishi aniqlangan. Sh.T. ushbu olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyati ishi bo‘yicha O.S.ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 04:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют