» » Pandemiya ayollar orasida qashshoqlikni kuchaytirishi ma’lum qilindi

Pandemiya ayollar orasida qashshoqlikni kuchaytirishi ma’lum qilindi


COVID-19 pandemiyasi ayollarning qashshoqlik darajasi hamda qashshoqlikda yashovchi ayollar va erkaklar o‘rtasidagi farqni keskin oshiradi. Bu haqda BMT-Ayollar va BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) hisobotida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, 2019?2021-yillarda ayollar o‘rtasidagi qashshoqlik darajasi 2,7 foizga pasayishi kutilayotgan edi, ammo pandemiya va uning oqibatlari sababli bu ko‘rsatkich 9,1 foizga o‘sishi mumkin.

Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, 2021-yilga kelib o‘ta qashshoqlikda (kuniga ikki dollardan kam mablag‘ga) yashaydigan 25 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan har 100 erkak uchun xuddi shunday sharoitda yashayotgan 118 ayol to‘g‘ri keladi. 2030-yilga kelib bu farq 100 erkakka 121 ayoldan oshadi.

“Bilamizki, ayollar oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha ko‘p vazifalarni o‘z zimmalariga oladi, ular kam haq olishadi, kam tejaydilar, odatda barqaror ishga ega emaslar — umuman olganda, ayollarning ish bilan bandligining barqarorlik darajasi erkaklarnikiga nisbatan 19 foizga kamroq”, — dedi BMT-Ayollar tashkiloti rahbari Fumzile Mlambo-Ngkuka.

Mavzuga doir: Twitter’da 40 yoshdan oshgan ayollar o‘z suratlari bilan bo‘lishishni boshladi. Endi internet-foydalanuvchilari qarishdan qo‘rqmayapti

Bundan tashqari, ekspertlarning fikricha, pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan ba’zi joylarda, masalan, turizm, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat va boshqa joylarda asosan ayollar ish bilan band bo‘lgan. Shunga ko‘ra, ular ishsiz qolish va moddiy ta’minotni yo‘qotishda himoyasiz edi.

Hisobot ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, pandemiya 2021-yilga kelib 96 million kishini o‘ta qashshoqlikka olib keladi, ulardan 47 million nafari ayollar va qizlar hisoblanadi.

“Bu o‘ta qashshoqlikda yashovchi ayollar va qizlarning umumiy sonini 435 million kishiga yetkazadi va bu ko‘rsatkich 2030-yilgacha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga qaytmaydi”, — deyiladi BMT Taraqqiyot Dasturi hisobotida.

BMT Taraqqiyot dasturi rahbari Axim Shtaynerning aytishicha, agar hukumatlar ta’lim va oilani rejalashtirish, adolatli va teng ish haqi hamda ijtimoiy nafaqalarni ko‘paytirish bo‘yicha keng qamrovli strategiyani amalga oshirganida, 100 milliondan ortiq ayol va qizlarni qashshoqlikdan qutqarish mumkin bo‘lardi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, gender tengsizligini kamaytirish maqsadida sarmoyalar kiritishi nafaqat oqilona va arzon, balki hukumat uchun pandemiya oqibatida yuzaga keladigan qashshoqlikni kamaytirish uchun zudlik bilan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan yo‘ldir.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 05:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют