» » O‘zbekistonda chegarada aniqlangan egasiz buyumlarni chegarachilarga topshirilishi haqida hukumat qarori qabul qilindi

O‘zbekistonda chegarada aniqlangan egasiz buyumlarni chegarachilarga topshirilishi haqida hukumat qarori qabul qilindi


Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 533-son qarorni qabul qildi.

Qaror ilovasidagi nizom bilan quyidagi tartib belgilangan:

Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga muvofiq, egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan ashyo egasiz ashyo hisoblanadi. Agar bu hol topilma to‘g‘risidagi, qarovsiz hayvonlar va xazina to‘g‘risidagi qoidalarda rad etilmagan bo‘lsa, egasiz ko‘char ashyolarga egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qo‘lga kiritilishi mumkin.

Egasiz ashyolarni aniqlash va hisobga olish tartibi qaror bilan tasdiqlangan nizomga ilova qilingan sxemada belgilangan.

Egasiz ashyolarni aniqlagan Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari ularni ko‘zdan kechiradi, suratga oladi va bayonnoma rasmiylashtiradi. Ushbu ashyolar yuzasidan ekspertiza o‘tkaziladi va ular baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda baholanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют