» » Kataloniya politsiyasi Xosep Bartomeuni korrupsiyada ayblamoqda

Kataloniya politsiyasi Xosep Bartomeuni korrupsiyada ayblamoqda


“Barselona” prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Kataloniya politsiyasi tomonidan korrupsiyada ayblanmoqda, deya xabar qilmoqda El Mundo.

Ayblov “Barsageyt” nomi bilan mashhur bo‘lgan voqeaga taalluqli. Politsiya Bartomeuni klub nomidan bitim imzolab, shaxsiy moliyaviy manfaatlarini ko‘zlaganlikda gumon qilinmoqda. Ta’kidlanishicha, Bartomeu I3 Ventures kompaniyasiga odatdagidan olti barobar ko‘p pul to‘lagan. Katalon hukumati nima sababdan kompaniya xizmatiga bozor narxidan olti barobar ko‘p pul to‘langanini taftish qiladi.

Avvalroq “Barselona” I3 Ventures marketing kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani, unga ko‘ra, ushbu kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda Bartomeuning himoyasi bilan shug‘ullanishi, shuningdek, Lionel Messi, Xerard Pike va boshqa futbolchilarga nisbatan negativ kayfiyatni yuzaga keltirishi kerak bo‘lgan.

Ushbu kompaniyaning rahbari Bartomeuning o‘ng qo‘li Xaume Samferrer hisoblanadi. Mazkur voqea “Barselona” ichki muhitiga salbiy ta’sir qilgan ilk omillardan biri sifatida e’tirof etiladi. Biroq “Barselona” prezidenti har doim bu ayblovlarni rad etib keladi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют