» » Rahbariyat almashgan “Paxtakor”da mavsumdagi uchinchi g‘alaba, “Bunyodkor” Muborakda mag‘lub bo‘ldi

Rahbariyat almashgan “Paxtakor”da mavsumdagi uchinchi g‘alaba, “Bunyodkor” Muborakda mag‘lub bo‘ldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 8-tur uchrashuvlari start oldi va uning doirasida ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun avval Jasur Abduraimovni vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida ishga olgan “Paxtakor” o‘z maydonida “Navbahor”ni mag‘lub etdi. O‘yin asosiy vaqti yakuniga ikki daqiqa qolganida G‘iyos Komilov o‘z darvozasini ishg‘ol etib, Namangan klubini 1 ochkodan mahrum qildi.

Stadionga kelgan ishqibozlarni tabriklashni xohlayman. O‘yinchilardan minnatdorman, ular bugun g‘alaba uchun 150 foiz imkoniyatlarini ishga solishdi.Shu o‘yin uchun vazifa bajarildi — g‘alaba.

“Paxtakor” o‘zbek futbolining bayroqdori. Yigitlar o‘zlariga ishonchni his qilishdi. Bu holat davom etadi deb umid qilaman.

Yosh darvozabon Shohrux Raimov uchun xursandman. Oliy ligada debyut qildi va bellashuvni xatosiz o‘tkazdi. Qiyin bellashuvda saviyasini ko‘rsatdi. Yosh o‘yinchilarga ishonishda davom etamiz. Moslashish uchun ularga vaqt kerak, ammo kattalar futboliga ko‘nika olishadi deb o‘ylayman.

Jasur Abduraimov, “Paxtakor” bosh murabbiyi v.b.

Sergey Lushchan boshchilik qiladigan “Bunyodkor” 24-aprel kuni kerak bo‘lmagan o‘yinda Osiyo Chempionlar ligasidagi uzoq kutilgan g‘alabasini qo‘lga kiritgandi. Milliy chempionatda esa bu safar Muborakdan mag‘lubiyat bilan qaytib keldi.

“Mash’al”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular bugun o‘z imkoniyatlarini kutib o‘ynadi va o‘sha imkoniyatdan gol urib yutib ketdi.

Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Avvalroq “Bunyodkor”da ham “Paxtakor”dagi kabi rahbariyat almashishi aytilgan bo‘lib, Baxtiyor Boboyev iste’foga chiqarilgandi. Uning o‘rniga kim tayinlangani hozircha ma’lum emas. Sergey Lushchan boshqaruvida qatorasiga uch yil mamlakat chempioni bo‘la olmagan “qaldirg‘ochlar”, bu yilgi mavsumni har yilgidan-da yomonroq boshlagan.

O‘zbekiston Oliy ligasi
8-tur o‘yinlari
28-aprel, juma

Gol: G‘iyos Komilov, 88-avt (1:0).

Gol: Zafar To‘rayev, 82 (1:0).

29-aprel, shanba
“Qizilqum” — “Nasaf”
“Lokomotiv” — “Obod”
“Sho‘rtan” — “Qo‘qon—1912”
“Dinamo” — “So‘g‘diyona”
“Neftchi” — “Olmaliq”
“Metallurg” — “Buxoro”

Опубликовано: admin (29-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют