» » DS 7 krossoveri ko‘chma muzeyga aylantirildi

DS 7 krossoveri ko‘chma muzeyga aylantirildi


DS va Luvr hamkorligi 2015-yilda, Citro?n shevronini DS belgisi almashtirib, DS 3 xetchbekini taqdim etganidan so‘ng boshlangan. An’anani mashhur muzey va uning eksponatlariga bag‘ishlangan DS 7 Crossback Louvre davom ettirdi, deb xabar beradi Motor.

DS 7 Crossback Louvre krossoveri Grand Chic/DS Inspiration Opera Art Basalt Black versiyasiga asoslangan bo‘lib, undan kapot va eshiklardagi lavhasi, qora dekor qismi, yon oynalar va salondagi Luvr piramidasi tasviri, shuningdek, 20 dyuymli g‘ildiraklari bilan ajralib turadi.

Biroq uning asosiy o‘ziga xosligi — muzey va DS Automobiles xodimlari tomonidan tanlangan 182 ta san’at asarlari: ular 12 dyuymli multimedia displeyiga yuklangan bo‘lib, beshta tilda izohlanadi. Ro‘yxatdan Mona Liza, Nika Samofrakiyskaya haykali, Paola Veronezening kartinalari o‘rin olgan.

DS 7 Crossback Loure’ni 1,6 Puretech benzin motorlisini (180 yoki 225 ot kuchi), 180 ot kuchili 2.0 BlueHDi dizelni buyurtma qilish mumkin bo‘ladi. Modelning standart jamlanmasidan yarim avtomat DS Connected Pilot boshqaruv tizimi, to‘liq yorug‘lik diodli faralar va isitish hamda massaj funksiyasiga ega o‘rindiqlar o‘rin olgan.

“Muzey” yo‘ltanlamas 2020-yildan sotuvga chiqadi. Uni Yevropa, Afrika, Janubiy Amerika va Osiyo mamlakatlarining 18 davlati aholisi xarid qilishi mumkin.

Mavzuga doir: Daniyadagi muzey tashrifchilariga 170 ming dollarlik Lamborghini’ni tirnashga ruxsat berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют