» » Robert Pattinsonda koronavirus aniqlandi. “Betmen” filmining suratga olish jarayoni yana to‘xtatildi

Robert Pattinsonda koronavirus aniqlandi. “Betmen” filmining suratga olish jarayoni yana to‘xtatildi


“Sumerki” filmi yulduzi Robert Pattinson koronavirus bilan zararlangan. Bu haqda Vanity Fair, Deadline va The Hollywood Reporter xabar berdi, deb yozadi Meduza.

Avvalroq Warner Bros. Pictures, Pettinson bosh qahramon rolini ijro qilayotgan “Betmen” filmining suratga olish jarayoni to‘xtatilgani haqida ma’lumot bergan. Studiya bunga sabab qilib, suratga olish jamoasi a’zolaridan birining COVID-19 topshirgan testi natijasi ijobiy chiqqanini ta’kidlagan. Zararlangan kishining izolyatsiyada ekanini bildirgan Warner Bros. jamoa a’zosi ismini ma’lum qilmagan, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning fevralida boshlangan “Betmen” haqidagi film suratga olish jarayoni koronavirus sabab mart oyida to‘xtatilgan. Sentabrda qayta suratga olish ishlari boshlab yuborilgan. Avvaliga, 2021-yilning iyun oyiga belgilangan film premyerasi 2021-yilning 30-sentabrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют